Navoiyning G‘ozg‘on shahriga yangi hokim tayinlandi
Navoiy viloyati hokimi qaroriga asosan, Nurali Jo‘rayev G‘ozg‘on shahri hokimi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar Nurali Jo‘rayev O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Nurali Jo‘rayev 1988-yilda Qiziltepa tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini va Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini iqtisodchi, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ulashish:
Sharhlar