Gruziya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni amalga oshira boshladi
Joriy yilning 8-avgust kuni Gruziyaning Georgian Airlines aviakompaniyasi Xaykou – Navoiy – Tbilisi yo‘nalishi bo‘yicha birinchi charter yuk reysini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Gruziya samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 16:43 da Navoiy aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, yuk tashuvchi samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Xitoydan Gruziyaga uchuvchi reyslar haftasiga ikki marta Boeing 767-300 yuk tashuvchi samolyotlarida Navoiyda texnik toʻxtash bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Georgian Airlines” Gruziyaning xususiy aviatashuvchisi boʻlib, shtab-kvartirasi Tbilisida joylashgan Gruziyaning eng yirik aviakompaniyasi hisoblanadi.
Ulashish:
Sharhlar