«Gruziya Orzusi» partiyasi sobiq futbolchi Mixail Kavelashvilini prezidentlikka nomzod qilib ko’rsatdi
Bu haqda «Gruziya Orzusi» partiyasining faxriy raisi va asoschisi Bidzina Ivanishvili partiyaning markaziy ofisida bo‘lib o‘tgan brifingda e’lon qildi xabariga tayanib BBC yozmoqda.
U nomzodni tanishtirar ekan, Ivanishvili Kavelashvilini «gruzin erkaklarining eng yaxshi timsoli» deb atadi:
«Ishonchim komilki, Mixail Kavelashvili prezidentlik institutidan vaqtincha tortib olingan obro‘ni to‘liq tiklay oladi».
53 yoshli Kavelashvili — sobiq futbolchi, 2016-yildan beri Gruziya parlamenti deputati. U «Xalq kuchi» partiyasi yetakchilaridan biri bo‘lib, bu partiya rasmiy ravishda hokimiyatdagi «Gruziya Orzusi» partiyasidan ajralib chiqqan.
26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida, natijalarini Gruziya prezidenti va muxolifat tan olmagan bo‘lsa-da, Kavelashvili va «Xalq kuchi» partiyasi yetakchilari «Gruziya Orzusi» partiyasining ro‘yxatida qatnashgan.
Gruziyada prezidentlik saylovlari 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu safar mamlakat prezidenti umumxalq ovoz berishi orqali emas, balki 300 nafar a’zodan iborat saylov kollegiyasi tomonidan tanlanadi. Yangi prezident besh yillik muddatga saylanadi.
Sharhlar