,

Gruziya prezidenti o‘z nomzodini ikkinchi muddatga ilgari surishga tayyor

Фото: Открытые источники

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga tayyorligini ma’lum qildi. U shu yo‘l bilan mamlakatning Yevropa integratsiyasiga hissa qo‘shish niyatida ekanini ta’kidladi.

“Men Gruziya Yevropa yo‘liga qaytishi uchun kattaroq mas’uliyatni o‘z zimmamga olishga va ikkinchi muddatga saylanishga tayyorman. Agar men taklif qilgan nizom (saylovda g‘alaba qozongan taqdirda muxolifatning harakat rejasi) ish bersa, men yevropalik hamkorlarimiz bilan muzokarachi bo‘lishga tayyorman”, — deydi Zurabishvili Fransiyaning Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida.

Zurabishvili Gruziyaning amaldagi rasmiylarini mamlakatni Yevropadan ajratib, Rossiya protektorati ostiga olishga urinayotganlikda aybladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi o‘z harakatlari, jumladan “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish orqali “Moskva bilan yaqinlashish foydasiga juda halol tanlov” qilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.