Gruziyada MSK raisining yuziga qora bo‘yoq sepildi
Yig‘ilishda Oxirgi parlament saylovlarida rossiyaparast “Gruziya orzusi” partiyasi 53,93 foiz ovoz oldi. Buni Markaziy saylov komissiyasi tasdiqladi. Bu eʼlon paytida muxolifat vakili David Kirtadze komissiya raisi Giorgiy Kalandarishviliga yaqinlashib, uning yuziga qora boʻyoq uloqtirdi.
“Sen sharmandasan, mamlakatimiz uchun uyat va qora dog‘san”, dedi Kirtadze.
U Kalandarishvilini “.ru” deb ham chaqirib, uning tarafkashligiga ishora qildi.
Gruziyada 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini faqat 150 o‘rindan 89 tasini olgan g‘alaba qozongan hukmron partiya tan oladi. Muxolifat saylovlarni qalbakilashtirilgan deb atadi va norozilik namoyishlar o‘tkazmoqda. Ularni mamlakat prezidenti Salome Zurabishvili qo‘llab-quvvatlamoqda deyiladi xabarlarda.
Sharhlar