Gruziyadagi saylov uchastkalaridan birida mushtlashuv yuzaga keldi

фото: sputnik-georgia.ru
Gruziya telekompaniyalari parlament saylovlari kuni mamlakat g‘arbidagi Zugdidi shahridagi saylov uchastkalaridan birida bo‘lib o‘tgan mushtlashuv aks etgan videolavhalarni e’lon qilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Gruziya orzusi” tarafdori Giorgiy Djikiya kuzatuvchilar va saylov okrugi a’zolariga jismonan hujum qilmoqda”, – deya xabar beradi TV Pirveli va videoni e’lon qiladi.
Bundan tashqari, Gruziya OAVlari muxolifatdagi “Birlashgan milliy harakat” partiyasidan deputat Anna Tsitlidzening saylov uchastkasida paydo bo‘lishi ortidan vaziyat keskinlashgani haqida xabar berdi. U “Gruziya orzusi” vakillarini janjal qo’zg’atganlikda ayblay boshladi. O’z navbatida, “Gruziya orzusi” buning aksini aytadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.