Gulnoza Matniyazova uchinchi Olimpiadasidagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Gulnoza Matniyazova uchinchi Olimpiadasini gʻalaba bilan boshladi. -70 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi ilk bosqichda KXDR vakili Song Munni dogʻda qoldirib, ikkinchi davraga yoʻl oldi.
Endi ushbu bosqichda Matniyazovaga yaponiyalik Saki Nizoye raqiblik qiladi.
Avvalroq, akademik eshkak eshish boʼyicha Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyevning Olimpiyadadagi ishtiroki yakunlangani haqida xabar berilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar