BMT Bosh kotibi O‘zbekistonga yetib keldi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 30 iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishni O’zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
1-iyul kuni Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O’zbekistonning BMT va uning institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari, shuningdek, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari o‘rin olgan.
Mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Tashrif davomida BMT Bosh kotibi qator sanoat va ijtimoiy soha ob’ektlarini ham borib ko‘radi, ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.
Sharhlar