Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar o‘tirgan avtomobil halokatga uchradi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘zbekistonliklar o‘tirgan miniven va yengil avtomobil ishtirokida yuz bergan YTHda yetti kishi jabrlanib, bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tengrinews.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Olmaota trassasining yo‘l ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vectra haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Toyota Alphard bilan to‘qnashgan. Oqibatda Opel Vectra haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Yana yetti kishi jabrlangan. Ularning barchasi Toyota Alphard salonida bo‘lgan o‘zbekistonliklardir. Ular Qizilo‘rdadan uylariga ketayotgan bo‘lgan.
Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan surishtiruv boshlangan.
Ulashish:
Sharhlar