Qoraqalpog‘istonda ikkita mashina to‘qnashib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 22-iyul kuni soat 19:05 larda Qo‘ng‘irot tumani “Yelabat PPJ” hududidan o‘tuvchi A-380 “Guzor-Buxoro-Nukus-Beyneo‘” avtomobil yo‘lining 891-892-km.da, 1994-yil tug‘ilgan Qo‘ng‘irot tumanida yashagan M. N o‘ziga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilni Qo‘ng‘irot tumani markazidan “Qoraqalpog‘iston” PPJ tomonga boshqarib borayotib boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, o‘z yo‘lida qarama-qarshi yo‘nalishda ya’ni “Qoraqalpog‘iston” PPJ tomonidan Qo‘ng‘irot tumani markaziga harakatlanib ketayotgan, 2001-yil tug‘ilgan Qo‘ng‘irot tumanida yashagan U. D boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobili bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Natijada Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi M. N va uning yo‘lovchisi, 1986-yil Qo‘ng‘irot tumanida yashagan A. B hamda Cobalt rusumli avtotransport haydovchisi U. D hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek Lacetti avtomobili yo‘lovchisi 1975-yil tug‘ilgan Qo‘ng‘irot tumanida yashagan, B. T hamda Cobalt rusumli transport vositasi yo‘lovchilari 1993-yil tug‘ilgan Mo‘ynoq tumanida yashagan T. A, 1997-yil tug‘ilgan Qo‘ng‘irot tumanida yashagan K.T, 1971-yil tug‘ilgan Mo‘ynoq tumanida yashagan K. K, 1994-yil tug‘ilgan Qo‘ng‘irot tumanida yashagan S. R lar Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohati bilan yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohati oqibatida o‘ziga kelmasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar