Shavkat Mirziyoyev Dog‘istondagi terakt munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Darband va Mahachqala shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.
O‘zbekiston yetakchisi Dog‘istondagi terrorchilik hujumlarini qat’iy qoraladi hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Ulashish:
Sharhlar