O‘zbekistonda fuqarolarga tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylaridan qo‘llarini ko‘tarib o‘tish tavsiya qilindi
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati videorolik e’lon qilib, unda piyodalardan tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida o‘ng yoki chap qo‘llarini ko‘tarib, mashinalar to‘xtaganiga ishonch hosil qilganidan keyin o‘tishni tavsiya qildi.
Haydovchilardan esa yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l berishlari so‘rab qolingan.
Ulashish:
Sharhlar