“Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati tez-tez fuqarolar, jumladan chet elliklar tomonidan O‘zbekistondagi ba’zi kafe va restoranlarda it go‘shtidan taomlar tayyorlanayotgani haqida xabarlar kelib tushayotgani haqida yozmoqda.
Ma’lumki, Osiyoning ayrim mamlakatlarida itlarni go‘shti uchun ko‘paytirish qonuniylashtirilgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda bunday fermalar mavjud emas. It go‘shtining ehtimoliy manbasi sifatida davlatning qarovsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari (otlovkalar) ko‘rsatilmoqda.
It go‘shti iste’molining dorivor xususiyatlari haqida fikrlar ayrim millatlar orasida tarqalgan bo‘lsa-da, bular ilmiy asosga ega emas. Aksincha, hayvonlardan odamlarga turli viruslar go‘sht orqali yuqishi ehtimoli bor. Hatto go‘shtni kesish va pishirish jarayonida ham kasallik yuqishi mumkinligi xavfi mavjud.
“Mehr va Oqibat” jamiyati mazkur masala yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati (SES)ga rasmiy so‘rov yuborgan. Ular quyidagi savollarga javob kutmoqda:
- O‘zbekistonda it go‘shtini iste’mol qilishga ruxsat berilganmi?
- It go‘shtidan taomlar tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish muassasalarining faoliyatiga ruxsat beriladimi?
Sharhlar