Har bir bola sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega

Foto: dayo.uz

Har bir bola sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega. Ularning sog‘lig‘ini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:

  • malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil qilish;
  • bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;
  • bolalar va o‘smirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;
  • talab darajasidagi sifatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;
  • bolaning fiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘i holatiga javob beradigan ta’lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;
  • kasbga yaroqlilikni aniqlashda bepul tibbiy maslahat berish;
  • sanitariya-gigiyena ta’limi berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va rag‘batlantirish;
  • sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida bola uchun qulay bo‘lgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.

Davlat sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash uchun onaga uning sog‘lig‘ini saqlash sharoitlarini yaratadi hamda davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.