Turli raqamlardan talabalikka taklif qilib kelayotgan SMSlar yuzasidan munosabat bildirildi
So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikka nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qishga taklif qilish bo‘yicha turli SMS-xabarlar yuborilmoqda. Bu holat nafaqat joriy yilda, balki o‘tgan yillarda ham kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu xabarlar faqat abituriyentlarga emas, barchaga, jumladan, Agentlik xodimlariga ham kelmoqda. Ushbu holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilindi:
1) Agentlik fuqarolarning roziligisiz uchinchi shaxslarga ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaydi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OTMlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno).
2) Agentlikning axborot tizimlarida axborot xavfsizligi ta’minlangan bo‘lib, ularga hech qanday kiberhujum uyushtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan abituriyentlarning ma’lumotlari qo‘lga kiritilmagan.
“Shu o‘rinda fuqarolarga ishonchsiz manbalardan foydalanmaslikni va turli manbalarga shaxsiy ma’lumotlarini kiritmaslikni tavsiya qilamiz. Fuqarolarimizda ushbu holat yuzasidan shubha bo‘lgan taqdirda, Agentlik tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish o‘tkazilishiga tayyorligini ma’lum qiladi”, – deyiladi xabarda.
Sharhlar