Toshkentda temir yo‘lni kesib o‘tish joyidagi nosozliklar tufayli ko‘chalardan biri ikki kunga yopiladi

дорога
Фото: автострада

Toshkentda 14 va 15-iyun kunlari ba’zi ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi xabar bermoqda.

Mirobod tumani Abdurauf Fitrat va Sodiqjon Tolipov ko‘chasi kesishmasida To‘qimachi—Hamza temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasining yo‘l izida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari doirasida harakat cheklanadi.

Cheklov 14-iyun soat 22:00 dan 15-iyun soat 06:00 ga qadar davom etadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.