15-iyul kuni Toshkentdagi Buyuk Ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining bir qismi vaqtinchalik yopiladi

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

15-iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim ko‘chalarida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati cheklanadi. Bu haqda Toshjent shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.

Xususan, quyidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi:

  • Temur Malik — Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Malik — Sultoniya ko‘chalari chorrahasigacha.
  • Temur Malik — Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari chorrahasidan Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab, Buyuk Ipak yo‘li — Shukur Burxonov ko‘chalari chorrahasigacha.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘rab qolingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.