Mudofaa vazirligi Toshkent ko‘chalarida harbiy texnikalar harakatlanishi haqida ogohlantirdi
Mudofaa vazirligi Toshkent viloyati va poytaxt aholisini ogohlantirib, xabar e’lon qildi.
Bugun, 6-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlandi.
“Bo‘linmalarning jangovar shayligini yanada oshirish, o‘zaro uygʻunlik harakatlarini muvofiqlashtirish hamda professional darajada harakatlanish ko‘nikmalari vа tayyorgarligini har tomonlama baholash maqsadida tashkil etilgan taktik o‘quvlarda harbiy okrug qo‘shinlari bo‘linmalarining zirhli texnikalari, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harakatlanishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yo‘l-harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinadi.
Sharhlar