O‘zbekistonda 24−25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda 24−25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Mahallalar uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hashar «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.

Ma’lumot uchun, ushbu sanalar mos ravishda shanba va yakshanbaga to‘g‘ri kelmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.