“Havo kompressori” ichiga yashirilgan giyohvandlik vositasi topildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatga kirish uchun post orqali piyoda harakatlangan fuqaroning qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilgan. Natijada, sumkadagi “havo kompressori” ichiga yashirincha joylashtirilgan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, 9 dona polietilen paketlarga o‘ralgan, kukunsimon, o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlandi.
Markaziy bojxona laboratoriyasining ekspertiza natijalariga ko‘ra, jami og‘irligi 4,3 kg tashkil etuvchi mazkur moddalar “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar