Iyul oyi boshida O‘zbekistonda havo salqinlashishi kutilmoqda
1—2-iyul kunlari respublikaning katta qismi, 2—3-iyulda esa vodiy viloyatlarida xam salqin harorat bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda “Uzb_Meteo” Telegram-kanali yozmoqda.
1—2-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro-Navoiy viloyatlarida, 2-iyul Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida, 2—3-iyul vodiyda kunduz kunlari xavo harorati maksimumlari +30 +35 daraja iliq bo‘lishi ma’lum qilinmoqda.
Mazkur salqinlikni O‘rta Osiyoga sovuq havoning shimoli—g‘arbdan kirib kelish jarayoni (kartada ko‘k rangli Ural—Volgabo‘yi hududlaridan kirib keluvchi jarayon) yuzaga keltirib, uning ta’siri shu yaqin kunlarda janub viloyatlariga kuchli ta’sir etmaydi.
Ulashish:
Sharhlar