Haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Yashnobod tumanida fuqaro J.N. fuqaro M.I.ga 1 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarsiz haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 750 AQSH dollarini olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.
Dehqonobod tumanida fuqaro Sh.O. fuqaro S.U. va uning tanishi J.T. lar haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘qimagan bo‘lsada, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida ishlovchi o‘zining tanishlari yordamida 6 oy o‘qiganligi haqida tegishli hujjat rasmiylashtirib berishi evaziga 7,2 mln so‘mni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
“Shahrixon tumanida esa, “A.I.T.” MCHJ avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi B.J. fuqaro I.I.ga “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilib, evaziga 650 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.
Sharhlar