“Haydovchilik guvohnomasi” rasmiylashtirib beraman deya fuqarolarni chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi
Andijon viloyatida yashovchi Q.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 4 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi N.I. sodir etganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, N.I. jabrlanuvchi Q.A. bilan Telegram messenjeri orqali tanishib, unga haydovchilik guvohnomasini imtihonlarsiz olib berishda yordam berishni aytib uni aldab, oldindan 4 mln. so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan, hamda uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan N.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar