Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro S.M.dan 2 400 AQSH dollari va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi, deb xabar bermoqda Departament matbuot xizmati.
Shu kabi, Departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.J. fuqaro F.B.ga o‘zini Jizzax shahridagi “D.Sh.” MCHJ avtomaktabi instruktori deb tanishtirib, unga “V.S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar