Haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo’lgan firibgarlar ushlandi
Sirdaryo viloyatida fuqaro A.P. fuqarolar I.I. va O.A.ning ishonchiga kirib, ularga go‘yoki Toshkent shahridagi tanishlari yordamida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan imtihonlardan ijobiy o‘tkazib berib “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 400 AQSH dollari va 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
“Guliston shahrida esa, “S.A.”avtomaktabi xodimi I.N. fuqaro M.A.ga tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga o‘z xizmat xonasida 3 mln so‘mni olgan vaqtida qo’lga tushgan”, – deyiladi xabarda.
Navoiy viloyati Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro B.D. fuqaro M.J.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki viloyat IIBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 600 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan paytida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar