Xodimlarni haqoratlagan Qo‘shrabot tumani hokimiga hayfsan e’lon qilindi
Samarqand viloyati hokimligi Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev xodimlarni haqorat qilgani aks etgan audiyozuv yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.
“Internet tarmog’ida Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyevning ayrim xodimlarni haqorat qilganligi yuzasidan audio yozuv e’lon qilindi. Mazkur holatga viloyat hokimligining tegishli mas’ullari tomonidan aniqlik kiritildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati hokimining tegishli farmoyishi bilan Qo‘shrabot tumani hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovichga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Ulashish:
Sharhlar