“Nega Kreml emas, Krokus?” — shunday hazilomuz izoh uchun peterburglik qo‘lga olindi

Фото: Mash

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Novaya Gollandiya” art-makoni bosh direktori turmush o‘rtog‘ining gaplaridan keyin o‘z lavozimini tark etdi. U esa Pulkovo aeroportida, Yerevanga uchib ketishga urinayotganida qo‘lga olingan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Roksana Shatunovskaya 25-mart kuni Instagram’da o‘zi 13 yildan buyon egallab kelgan lavozimni tark etayotgani haqida yozdi. Bundan bir kun avval esa uning eri Nikolay Konashenok Facebook’dagi sahifasiga ikkita post joylagan.

Birinchisida “Nima uchun Kreml emas, Krokus?” deb yozgan. Ikkinchisida esa “Piknik dahshat guruh, lekin baribir ahamiyatsizroq. Brat-2 ning konserti esa juda ko‘p odam to‘plagan bo‘lardi” deyilgan.

Nikolay keyinroq o‘z postlarini o‘chirib tashlagan, ammo ular allaqachon hukumatparast va propaganda Telegram-kanallari e’tiboriga tushib ulgurgan edi.

Shatunovskaya turmush o‘rtog‘ining gaplarini qo‘llab-quvvatlamasligini va qoralashini ta’kidlab, terakt qurbonlariga hamdardlik bildirishini aytgan, ammo “o‘z oilasi bilan qolishini” qayd etgan.

Ichki ishlar vazirligi Konashenokning postlari ekstremizm belgilariga ega ekanini ma’lum qilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rilayotganini bildirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.