Dubay shahzodasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi
Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi WAM Dubay valiahd shahzodasi, Bosh vazir o‘rinbosari va mudofaa vaziri Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasiga borganini yoritdi.
Mehmonlar ushbu me’moriy yodgorlik bilan tanisharkan, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol Shoshiy qabri atrofida barpo etilgan majmua tarkibidagi Baroqxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi, Tillashayx masjidi, Mo‘yi Muborak madrasasi hamda O’zbekiston musulmonlari idorasi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Sayohati davomida Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum Usmon mushafi saqlanayotgan Mo‘yi muborak madrasasi muzeyidagi turli uslubda yozilgan Qur’oni karim nusxalari, nodir qo‘lyozmalardan tashqari, 20 mingga yaqin kitobdan iborat benazir to‘plamni o‘z ichiga olgan ulkan kutubxona bilan, shuningdek barpo etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi” majmuasi bilan ham tanishdi.
Sharhlar