Rossiyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanib hibsga olindi
Rossiyaning Primorye o‘lkasida Tergov qo‘mitasi Vladivostok chekkasidagi kafening 21 yoshli xodimasiga nisbatan sodir etilgan guruh bo‘lib zo‘rlash holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, deb yozadi “Kommersant”. Ushbu ish bo‘yicha besh kishi qo‘lga olingan, ularning to‘rt nafari O‘zbekiston fuqarolari. Beshinchi shaxsning fuqaroligiga aniqlik kiritilmayapti.
O‘zbekiston fuqarolari “Rossiyadan qochib ketish”ga urinish chog‘ida Vladivostok aeroportida ushlangan. Tergov versiyasiga ko‘ra, kafe xodimasiga hujum Shamora plyaji yaqinida yuz bergan. “Noma’lum shaxslar, pichoq bilan tahdid qilib, jinsiy xususiyatga ega bo‘lgan zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirgan”, — deyiladi IIV hududiy boshqarmasi xabarida.
Ish bo‘yicha ayblanuvchilar hibsga olingani xabar berilmoqda. Tergov doirasida gumonlanuvchilarning Rossiya hududida qonuniy ravishda bo‘lib turgani ham tekshiriladi.
Sharhlar