Hindistonda G‘ozioboddagi xususiy kasalxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holatda topildi

Фото: Аргументы недели

Seshanba kuni Uttar-Pradesh shtatining G‘oziobod tumanidagi Kaushambi shahridagi xususiy shifoxonada 45 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi.

Politsiya uning jasadi vannaxonadagi sochiq ilinadigan veshalkada topilgani uchun u o‘z joniga qasd qilgan deb hisoblamoqda.

Jasad ekspertizaga yuborilgan, voqea joyi sud-tibbiyot ekspertlari guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan.

Ushbu hodisa tafsilotlari tergov jarayonida.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.