Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik talabasi vafot etdi
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik talabasi vafot etdi, deb xabar bermoqda muassasa axborot xizmati.
Dastlabki berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2003-yilda tug‘ilgan, institutning ikkinchi kurs talabasi Navas Nasmel kecha, 28-fevral kuni talabalar turar joyidagi o‘z xonasida sog‘lig‘i yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.
Zudlik bilan Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Hindiston Respublikasi fuqarosi Navas Nasmel vafot etdi.
RSTEIAM Buxoro filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki tashxisga ko‘ra, marhum ikki tomonlama o‘pkalarning total pnevmoniyasi natijasida yuzaga kelgan o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Institut ma’muriyati Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasini va talabaning yaqinlarini xabardor qilgan.
Sharhlar