Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshirmoqchi

Фото: UZBEKISTAN AIRPORTS

17-avgustdan Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari sonini haftasiga to‘rt martadan yetti martagacha oshirmoqda.

Xususan, parvozlar har kuni Airbus 320 tipidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, IndiGo aviakompaniyasi 2023-yil 22-sentyabrdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan. Parvozlar soni oshgunga qadar Hindiston aviakompaniyasi dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

IndiGo – bosh qarorgohi Gurgaonda (Hindiston) joylashgan xususiy hind loukosteri. Kompaniya rejalashtirilgan reyslar soni va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.