“Hisor” davlat qo’riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini tushdi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Hisor” davlat qo’riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi.
Ma’lumot uchun, Turkiston silovsini O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, TMXI (Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi) Qizil ro‘yxati va CITES konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan. Hozirgi kunda kamyob tur hisoblanib, umumiy soni taxminan 300 tani tashkil etadi. O’zbekistonning Hisor, Chotqol, Zomin, Surxon qoʻriqxonalarida, Ugom-Chotqol milliy tabiat bogʻida muhofazaga olingan.
Ulashish:
Sharhlar