Qashqadaryo viloyatidagi tog‘larga qor yog‘di
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti Hisor davlat qo‘riqxonasining yuqori qismlari to‘liq qor bilan qoplandi. Bu haqda qo‘riqxona axborot xizmati xabar bermoqda.
Qor qalinligi taxminan 10 santimetrni tashkil qiladi. Daryo va buloq suvlari muzlagan.
Ma’lumot uchun: Hisor davlat qo‘riqxonasi — Qashqadaryo viloyatida, Hisor tog‘ tizmalari g‘arbida (Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlari tog‘li hududlarida) joylashgan davlat qo‘riqxonasi. 1983-yilda Qizilsuv va Miroqi qo‘riqxonalari negizida tashkil qilingan.
Ulashish:
Sharhlar