“Hisorak” suv ombori bilan bog‘liq yolg‘on axborot tarqatgan fuqarolar javobgarlikka tortiladi

Кадр из видео

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hisorak” suv ombori bilan bog‘liq holat haqida yolg‘on xabarlar tarqatgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati IIB.

Joriy yil 10-iyun kuni Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori haqida internet ijtimoiy tarmog‘ida ba’zi fuqarolar yolg‘on axborot tarqatib, odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz tumanida yashovchi D.U., N.A. va boshqalarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.