Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Rustam Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Rustam Sulaymonov 1982-yil Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti oliy, 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2012-yilda esa Bank-moliya Akademiyasini iqtisodiyot, bank ishi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, iqtisodchi.
Tayinlovga qadar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ulashish:
Sharhlar