Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Sobirov Ilhom Qahramonovich (hujjatda: Sabirov Ilxom Kaxramonovich) tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Ilhom Sobirov 1974-yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003-yilda Guliston davlat universitetini, 2006-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat kurilish akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida “O’zpaxtasanoat” AJda bosh texnik, mutaxassis, bosh muhandis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasida sho‘‘ba mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar «O’zcharmsanoat» uyushmasi standartlar va innovatsiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sharhlar