Bir qator hokimlar ishdan olinadi
Faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻrish, Qoraoʻzak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, Gʻozgʻon shahri hokimlarini ishdan olish boʻyicha Bosh vazir A.Aripovning taklifi qoʻllab-quvvatlandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha videoselektorda ma’lum qilindi, deb yozadi O‘zA.
— Yutuqlarimiz haqida koʻp gapirish mumkin. Dunyodagi ogʻir sharoitga qaramasdan barqaror iqtisodiy oʻsish yoʻlida aniq natijalarga erishayapmiz. Buni Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham eʼtirof etayapti, — dedi davlatimiz rahbari.
Bunga munosib hissa qoʻshayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.
Sharhlar