Hokimliklardan kompensatsiya mablag‘lari bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha 155 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar undirilidi

Foto: norma.uz

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan bog‘liq jamg‘armalarga 418 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi, deb xabar bermoqda  Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov.

Byuro organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrda sudlar va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash hamda faoliyat samaradorligini yanada yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan:

  • Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 725 mlrd. so‘mlik aliment mablag‘lari undirilgan;
  • Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 364 nafar shaxslar ishga tiklanib, to‘lanmagan 21 mlrd. so‘mlik ish haqi undirilgan;
  • Hokimliklardan kompensatsiya mablag‘lari bilan bog‘liq 300 dan ortiq ijro ishlari bo‘yicha 155 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar undirilib, fuqarolar manfaatlari himoya qilingan;
  • Davlat ijrochisi aralashuvisiz 830 mingdan ortiq avtotransport vositalariga qidiruv e’lon qilinib, 452 mlrd. so‘mlik qarzdorlik undirilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.