“Hududgazta’minot”ga Andijon viloyati sobiq prokurori rahbar bo‘ldi

Фото: MINENERGY.UZ

Xodjayev Marufxon Maqsudovich “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Marufxon Xodjayev bunga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ushbu lavozimda u Bahodir Eshmurodov o‘rnini egalladi, u aholini elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlashda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatilgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.