Hujjatlarda ko‘rsatilmagan tovarlar fosh etildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti orqali “VOLVO” rusumli yuk avtotransport vositasida mamlakatda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelinayotgan yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Tashkilotning ishonchli vakili hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 1 mlrd 410 mln. so‘mlik 21 turdagi tovarlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Eslatma! Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tishda o‘zlari bilan olib ketayotgan tovar va moddiy boyliklarning ishonchli va to‘g‘ri deklaratsiyalanishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Sharhlar