Hujjatlari bo‘lmagan tovar-moddiy boyliklari to‘xtatib qolindi
Yurtimizga hujjatlari bo‘lmagan tovar-moddiy boyliklarni olib kirishda bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar beryapti.
“Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda post xodimlari va Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi xodimi tomonidan, “Yallama” chegara bojxona post orqali yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatining nomiga olib kelingan tovarlar yuklangan “Volvo” rusumli avtotransport vositasi o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 830 mln so‘mlik 200 120 dona “LED chiroqlar” va 1 332,5 kg. “LED chiroqlarning ehtiyot qismlari” borligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar