Namanganda bir erkak profilaktika inspektorlariga pichoq bilan hujum qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Uchqo‘rg‘on tumanida IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyatli holat aks etgan videotasvirlar yuzasidan Namangan viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat e’lon qildi.
29-iyul kuni soat 20:50 da Uchqo‘rg‘on tumani, Farg‘ona mahallasida yashovchi fuqarolardan ushbu hududda fuqaro K.Q. aholi tinchligini buzib, janjal qilayotganligi bo‘yicha tuman IIBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan ushbu hududga tungi xizmatga biriktirilgan 2 nafar profilaktika inspektorlari hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlikda yetib borib, fuqaro K.Q. tomonidan sodir etilayotgan bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini ko‘rmoqchi bo‘lishgan vaqtda, fuqaro profilaktika inspektorlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatib qo‘lida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i hamda yog‘och bo‘lagi bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar