O‘zA: Huquq-tartibot organlaridagi iste’folar Allamjonovni o‘ldirishga urinish bilan bog‘liq
Yaqinda O‘zbekiston huquq-tartibot organlarining ayrim xodimlari, jumladan, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi. O‘zA manbasining xabar berishicha, bu iste’folar Komil Allamjonovni o‘ldirishga urinish bilan bog‘liq ish doirasida amalga oshirilgan.
O‘zA davlat axborot agentligi Komil Allamjonovga suiqasd ishi bo‘yicha yangi sudlanuvchilar haqidagi xabarga shunday qo‘shimchani e’lon qildi. 25-noyabr kuni Bosh prokuratura joriy yilning 26-oktabr kuni sodir bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi axborot siyosati bo‘limi sobiq mudiri Komil Allamjonovning o‘ldirilishiga aloqador qo‘shimcha shaxslar hibsga olinganini ma’lum qildi.
Ulashish:
Sharhlar