Huquqshunoslar va hisobchilarga bo‘lgan talab ortmoqda

Фото: uz.muhosib.uz

2023-yil yanvar-dekabr oylaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, huquq va buxgalterlik sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 301,8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bu ko‘rsatgich 2022-yilga nisbatan 119,3 %ga o‘sgan”, – deyiladi xabarda.

Ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan va jami hajmdagi ulushi 82,6 % yoki 1 075 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.