I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlanishi uchun qancha staj talab etiladi
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga ko‘ra, umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan vaqtda quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda nogironlik pensiyasi tayinlanishi belgilangan:
Biroq, ayrim I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarda pensiyaga chiqish uchun yetarlicha ish staji yetmaslik holatlari kuzatiladi. Bunday holatlarda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib ravishda quyidagi tartibda tayinlanadi.
Qonunchilikka ko‘ra, talab etilgan ish staji bo‘lmagan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga bor ish stajiga mutanosib ravishda pensiya tayinlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ya’ni:
- I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
- II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda yoshga doir eng kam pensiya miqdori 800 ming so‘mni tashkil qiladi.
Sharhlar