Ichan-qal’ada “Adolat marshi” o‘tkazildi
Ichan-qal’ada o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirimiz xorijliklarni hayratga soldi. Ko‘hna shaharning fayzli ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan “Adolat marshi”ni nafaqat xivaliklar, balki xorijlik turistlar ham katta qiziqish bilan kuzatishdi.
Tadbir davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga nomzod Umida Palvanova yurtdoshlarimiz bilan muloqot o‘tkazib, partiyamizning ustuvor maqsadlarini xalqchil va sodda tilda, hayotiy misollar asosida tushuntirib berdi.
“Adolat marshi”ni qiziqish bilan kuzatgan ko‘plab xorijlik mehmonlar ham mamlakatimizda 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqelik — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Ushbu saylovlar yangicha — majoritar va proporsional saylov tizimi, Saylov kodeksi hamda umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida o‘tkazilayotgani ularda katta taassurot qoldirdi.
Xorijlik mehmonlar ezgu maqsadlar yo‘lida olg‘a borayotgan “Adolat”chilarga muvaffaqiyat tiladi.
*Reklama huquqi asosida
Sharhlar