Toshkentning Yakkasaroy tumanida ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi Askiya va A.Avloniy ko‘chalari kesishmasidagi suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 29-may kuni soat 09:00 dan soat soat 22:00 gacha tumandagi ba’zi manzillarda ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ichimlik suvi “Rakatboshi”, “Belariq”, “Rakat” mahallalarida bo‘lmaydi.
Hokimlik vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘rab qolgan.
Ulashish:
Sharhlar