Sirdaryoda o‘qituvchi o‘quvchilarni igna sanchish bilan jazolagani aytilmoqda

Foto: Depositphotos

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14-oktabr kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi fuqaro E.S. (erkak) IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabda 1-sinfda tahsil olayotgan qizi Gʻ.O. (2017-yilda tug‘ilgan) ni o‘qituvchisi A.G. (ayol) qo‘liga igna tiqqanligi va hojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazganligini bildirgan.

Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan Gʻ.O. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.