IIB binosida vafot etgan fuqaroga nisbatan kuch ishlatilganligi holati o‘rganilmoqda

Foto: Associated press of Pakistan

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan IIB binosiga majburiy olib ketilgan aka-uka Dilmurod va Dilshod Yusupvaliyevlarga nisbatan kuch ishlatilganligi holati o‘rganilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB rasmiy munosabatida marhumning IIB binosiga kirish yo‘lagida sog‘ligi yomonlashib hushini yo‘qotgani, u shahar shifoxonasiga olib borilgani va ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtida vafot etganligi qayd etilgan.

Hozirda fuqaroning o‘limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanlangan. Holat Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

“Hozirda ushbu holat bo‘yicha Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari bilan uchrashib, taziya bildirdi. Mazkur holat bo‘yicha Bosh prokuraturaga Ombudsmanning nazorat xati yuborildi. Ombudsman ushbu holatni qonun talablari doirasida ko‘rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtiruvini ta’minlashni so‘raydi”, – deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.